Moskvaliklar COVID-19 ga bepul test topshirishi mumkin

16 iyuldan Moskva aholisi koronavirusga bepul test topshirishi mumkin. Buning uchun shahardagi 207 ta klinikada test olinadigan shoxobchalar ochiladi.
Sputnik

TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. 16-iyuldan Moskva aholisi koronavirusga bepul test topshirishi mumkin. Bu haqda shahar merining ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Anastasiya Rakova ma’lum qildi.

Novosibirsk olimlari virusni to‘xtatuvchi antitanachalarni aniqlashdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir kasallanish soni keskin kamaygan vaqtda imkoniyatlar kengaygan. Shuning uchun uni boshqa yo‘nalishlarga qayta taqsimlash imkoniyati mavjud.

“Moskva meri Sergey Sobanin tomonidan qaror qabul qilindi. Ertadan boshlab koronavirus infeksiyasiga PZR tahlil topshirishni xohlovchilar buni erkin va bepul bajarishlari mumkin”, - dedi Rakova.

Buning uchun shahardagi 207 ta klinikada test olinadigan shoxobchalar ochiladi.

So‘nggi sutka davomida Moskvada 628 ta koronavirus holati qayd etilgan. Kasallanganlarning umumiy soni 231 mingdan oshgan. Shundan 167 ming nafari (73 foizi) tuzalib ketgan. Jami 4,2 ming kishi virus qurboniga aylangan.