Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy COVID-19 qarshi kurash choralarini muhokama qiladi

Videokonferensiya chog‘ida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi masalalar muhokama qilinadi.
Sputnik

TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Xitoy va Markaziy Osiyo TIV rahbarlari videokonferensiya shaklida uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Karantin 1-avgustdan keyin ham cho‘zilishi mumkin – Yusupaliyev

“2020 yilning 16-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tadigan “Xitoy – Markaziy Osiyo” birinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi”, - deyilgan xabarda.

Tadbirda, shuningdek, Xitoy, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari qatnashadi.

Videokonferensiya chog‘ida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi munosabatlarni mustahkamlashning dolzarb masalalarini hamda iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish mexanizmlarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.