TOShKENT, 15-iyul - Sputnik. Koronavirus infeksiyasidan xalos bo‘lganlar nafas olishda qiyinchiliklar borligini, ish qobiliyati pasayishini va yurak urish tezlashganini aytib berishdi, bu haqda argumenti.ru Britaniya OAVlarida chop etilgan maqolalarga tayanib xabar berdi.
27 yoshli Taliya Varga Daily Mail nashriga aytishicha, kasallikdan xalos bo‘lganiga bir necha oy o‘tgan bo‘lsa ham, nafas olishda qiynalyapti.
21 yoshli Londonlik talaba Djessika jismoniy faollik paytida tobora tez-tez qattiq charchashni boshdan kechirmoqda. Tana haroratining ko‘tarilishi ham kuzatilmoqda.
Yana bir yigit, 21 yoshli Djek, o‘zida nafas qisilishini va yurak tez urishini sezdi.
Avvalroq Sputnik radiosi Hindistonda COVID-19 bilan kasallangan bemorlar bo‘yicha antirekordlar qayd etilayotganini xabar qilgan edi.