TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Belarusning bir nechta shaharlarda namoyishlar vaqtida yuzdan ortiq namoyishchi qo‘lga olindi, deb xabar qildi RIA Novosti.
OMON va namoyishchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar aks etgan lavha RT Telegram-kanalida berildi. Shuningdek, qo‘lga olinganlar orasida OAV xodimlari ham bor.
Belgazprombank sobiq rahbari Viktor Babarikoni saylovda ishtirok etish rad etilgani tufayli Minsk, Gomel va Brestda namoyishlar o‘tkazilmoqda. Poytaxtda namoyishchilar Nemiga ko‘chasini egallab olishdi.
Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovlari o‘tkaziladi.