JSST: ko‘p davlatlar COVID ga qarshi kurashda noto‘g‘ri yo‘ldan ketishmoqda

Xalqaro tashkilot rahbari Tedros Adhanom Gebreyesusning yaqin kelajakda dunyo normal hayotga qaytmasligiga ishonchi komil.
Sputnik

TOShKENT, 14-iyul - Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda juda ko‘p mamlakatlar “noto‘g‘ri yo‘lni” tanlaganini ma’lum qildi.

Biroq u gap qaysi mamlakatlar haqida borayotganiga oydinlik kiritmagan. JSST rahbari yaqin kelajakda dunyo normal holatga qaytolmaydi deb hisoblaydi.

COVID-19ni uy sharoitida davolash bo‘yicha qo‘llanma tasdiqlandi

“Agar milliy hukumatlar fuqarolarga infeksiyaga chalinishlar sonini kamaytirish va odamlarning hayotini saqlab qolish uchun qanday strategiyaga amal qilish kerakligini aniq tushuntirmaslikni davom etsa, agar aholi virusga qarshi kurashning asosiy qoidalariga (qo‘llarni yuvish, niqob taqish) rioya qilmasa, bizni pandemiya bo‘yicha bittagina ssenariy kutmoqda - vaziyat yomonlashadi”, - dedi Gebreyesus.

Yanada ko‘proq davlatlar va mintaqalar yangi COVID-19 avj olishini qayd etib, ilgari bekor qilingan karantin choralarini qayta joriy etmoqda. Biroq, JSST rahbari hamma ham navbatdagi o‘zini o‘zi yakkalashga tayyor emasligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha JSST bir sutka davomida 230 mingta koronavirus bilan kasallanish holatini qayd etdi. Bu navbatdagi antirekord sanaladi.