“Ishqobod” chegara postiga hujum uyushtirganlar ustidan hukm o‘qildi

Tojikistonning O‘zbekistonga yaqin hududida joylashgan "Ishqobod" chegara postiga hujum qilgan yetti kishi mamlakat Oliy sudi hukmi bilan 2-yildan 27-yilgacha ozodlikdan mahrum qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Tojikistonda “Ishqobod” chegara postiga hujum uyushtirishda ishtirok etgan yetti kishiga hukm chiqarildi. Bu haqda respublikaning bosh harbiy prokurori Ikrom Zoirzoda ma’lum qildi.

Tojikiston chegara postiga jangarilar hujumi

Chegara postiga hujum qilgan yetti kishi Tojikiston Oliy sudi hukmi bilan 2-yildan 27-yilgacha ozodlikdan mahrum qilingan.

“Ishqobod” chegara postiga hujum ishi bo‘yicha mahkum qilinganlarning barchasi Tojikiston fuqarolaridir”, - degan Zoirzoda. Uning so‘zlaridan Sputnik Tojikiston iqtibos keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda 6-noyabrga o‘tar tunda Tojikistonning O‘zbekistonga yaqin hududida joylashgan "Ishqobod" chegara postiga hujum uyushtirildi. Hujum vaqtida jangarilardan 15 nafari o‘ldirilgan. Hujum oqibatida tojik tomonidan ham bir necha kishi halok bo‘lgan.