Rossiyada COVID-19 ga qarshi vaksina avgust o‘rtasida paydo bo‘lishi mumkin

Gamaleya instituti COVID-19 ga qarshi vaksina 2-4 avgustga qadar ro‘yxatdan o‘tkazilishiga umid qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Gamaleya instituti COVID-19 ga qarshi vaksina 2-4 avgustga qadar ro‘yxatdan o‘tkazilishiga umid qilmoqda. Bu haqda RIA Novostiga Gamaleya Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy ilmiy tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg ma’lum qildi.

Rossiyada koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksina sinovlari yakunlandi

“Umid qilamanki, bu ham uzoq vaqtni olmaydi, har holda bunga bir hafta ajrating, ya’ni 2-3-4 avgustga qadar ro‘yxatdan o‘tish jarayoni cho‘ziladi”, - dedi u.

Shuningdek, Aleksandr Ginsburg koronavirusga qarshi vaksina 14-15 avgustda muomilaga chiqarilishiga umid bildirgan.

Avvaliga ishlab chiqarishga muvaffaq bo‘lingan vaksinaning kam miqdori muomilaga chiqariladi.