Dollar va yevro ko‘tarildi – valyuta kurslari

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 10,23 so‘mga ko‘tarildi.
Sputnik

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 14-iyuldan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 10,23 so‘mga ko‘tarilib, 10 194,96 so‘m tashkil qildi.

Yevro ham 62,49 so‘mga oshdi va 11 518,27 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 1,40 so‘mga yuqorilab, 143,88 co‘mni tashkil qildi.