Bosh prokuratura Surxondaryoda sudyalarning obro‘sizlantirilgani haqidagi xabarni o‘rganmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Jarqo‘rg‘onda sudyalar omma oldida obro‘sizlantirilganligi, sud xodimi esa do‘pposlanganligi haqida xabarlar tarqaldi.
Sputnik

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Surxondaryo viloyatida  sudyalarning omma oldida obro‘sizlantirilganligi haqidagi xabarni o‘rganmoqda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Jarqo‘rg‘onda sudyalar omma oldida obro‘sizlantirilganligi, sud xodimi esa do‘pposlanganligi haqida xabarlar tarqalgan.

“Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tekshirish ishlari olib borilmoqda. Tekshirish jarayoni Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan”, - deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabarida.

Xabarda ish natijalari haqida batafsil ma’lumot berilishi qo‘shimcha qilingan.