Rossiyada koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksina sinovlari yakunlandi

Sechenov universiteti koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksina sinovlarini ko‘ngillilarda muvaffaqiyat bilan yakunladi.
Sputnik

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Rossiya poytaxti Moskvada koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksina sinovlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Rossiya koronavirusga qarshi vaksinani jahon bozoriga yetkazib berishga tayyor

“Sechenov universiteti koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksina sinovlarini ko‘ngillilarda muvaffaqiyat bilan yakunladi”, - dedi Sechenov universitetining translyatsion tibbiyot i biotexnologiya instituti direktori Vadim Tarasov.

Aniqlik kiritilishicha, ko‘ngillilarning birinchi guruhiga chorshanba, 15-iyul, ikkinchi guruhiga 20-iyul kuni javob beriladi. Biroq ular tibbiy kuzatuv ostida bo‘lishda davom etadilar, chunki shifokorlar ularning immunitetiga baho berishlari kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinaning yakuniy sinov bosqichi boshlangani xabar qilingan edi.