Qashqadaryoda dahshatli YTH: ikki qurbon bo‘ldi, olti kishi kasalxonada

“Chevrolet Orlando” haydovchisi yo‘l belgilari va svetoforning taqiqlovchi ishorasini mensimagan va yuk mashinasiga kelib urilgan. YTH oqibatida 7 va 4 yoshli bola ham jarohat olgan.
Sputnik

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Qashqadaryo viloyatidagi ayanchli yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar qilmoqda. 

Sement yuklangan “Isuzu” jarlikka quladi: ikki kishi qurbon bo‘ldi

Hodisa 12-iyul kuni soat 00:20 larda Chiroqchi tumani hududidan o‘tuvchi 4R 87 avtomobil yo‘lining 47 kilometrida sodir bo‘lgan. “Chevrolet Orlando” mashinasining 44 yoshli haydovchisi M.M. ikkinchi darajali yo‘ldan harakatlanayotib, 2.4. “Yo‘l bering” yo‘l belgisiga va svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga amal qilmagan. Buning oqibatida asosiy yo‘ldan harakatlanib kelayotgan “DAF SXF 105” rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

YTH “Chevrolet Orlando” mashinasining haydovchisi va yo‘lovchilaridan birining umriga zomin bo‘lgan.

Bundan tashqari, 6 nafar yo‘lovchi olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga yotqizilgan. Ular orasida 7 va 4 yoshli bolalar ham bor.