O‘zbekistonda jazirama biroz pasayadi

Joylarda biroz bulutli havo kutilmoqda, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 10-iyul - Sputnik. Kelayotgan dam olish kunlari respublikaga biroz salqin havo kirib keladi, deb xabar beradi O‘zgidromet.

So‘nggi 16-yillik jazirama ob-havo rekordi yangilandi – O‘zgidromet

“10 va 11-iyul kunlari kunduzi havo harorati + 32 ... + 35 darajani, shimolda, janubda va cho‘l zonasida esa + 37 ... + 39 darajani tashkil etadi. Kechasi harorat +19 ... +24 darajada saqlanib qoladi. Ba’zi joylarda shamol kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin”, - deyiladi ma’lumotda.

Respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘lib, joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Yakshanba kuni O‘zbekistonning tekislik hududlarida quruq va quyoshli havo kutilmoqda, faqat tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 7-iyuldan boshlab respublikada issiq va quruq havo o‘rnashdi.