O‘zbekistonda bir sutkada 472ta COVID-19 aniqlandi

SSV xabariga ko‘ra, ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4226 nafar bemordan 42 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Sputnik

TOShKENT, 10-iyul - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemorlar soni bir sutkada 472taga ortdi, shuningdek, vafot etganlar soni 6taga oshdi, deb xabar bermoqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi.

SSV karantin choralari nega kuchaytirilganini tushuntirdi

Infeksiyani yuqtirgan bemorlarning 275 nafari karantin muassasalarida, 190 nafari aholi orasida, 7 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Vafot etganlarning 1 nafari chet el fuqarosi (afg‘onistonlik) bo‘lgan.

Shu bilan birga, Toshkent shahri, Samarqand, Namangan va Buxoro viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 227 nafar fuqaro sog‘aygan. COVID-19 qayd etilgan jami 11564 nafar bemordan 7287 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 63 %ni tashkil etmoqda.

Olimlar COVIDga immunitet borasida hayratlanarli xulosaga kelishdi >>>

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4226 nafar bemordan 42 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi koronavirus infeksiyasi - COVID-19 tarqalishini pandemiya deb e’lon qilgan edi. BSST taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda ushbu infeksiya bilan bemorlanganlar soni 11,8 milliondan oshib ketgan, 545 mingdan ziyod kishi vafot etgan.