Moliya vazirligi va Statistika qo‘mitasida yangi tayinlov

O‘zbekiston Moliya vazirligi va Statistika qo‘mitasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi - kuni kecha Shavkat Mirziyoyev tegishli prezident qarorlarini imzoladi.
Sputnik

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Moliya vazirligi va Statistika qo‘mitasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Xususan, prezident qarori bilan Abruyev Jamshid Ismailovich O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, prezident qarori bilan Xolmurodov Dilshod Ibragimovich O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.