TOShKENT, 10-iyul - Sputnik. So‘nggi vaqtlarda yadroviy qarama-qarshilik xavflari jiddiy ortdi, AQSh strategik barqarorlik atamasidan voz kechmoqda, deya bayonot berdi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
"So‘nggi vaqtlarda adroviy xavflar sezilarli darajada oshgani, xavfsizlik va xalqaro strategik barqarorlik sohasidagi vaziyat ochiqchasiga yomonlashayotganiga qo‘shilaman. Buning sabablari barchaga ayon: AQSh global dominantlikni qaytarishga harakat qilmoqda va ular katta kuchlar raqobati deya ataydigan narsada g‘alabaga erishishni istamoqda, u strategik barqarorlik atamasidan voz kechib, endilikda uni strategik raqobat deya atamoqda. AQSh g‘alaba qozonishni istayapti", - dedi Lavrov "Primakov saboqlari" onlayn-sessiyasi davomida.
Rossiya TIV rahbari AQSh qurol-aslahalar nazorati arxitekturasini tubdan vayron qilayotganiga urg‘u berdi.