Izsiz yo‘qotish uchun: O‘zbekistonda tibbiy chiqindilar qanday utilizatsiya qilinmoqda

Karantin kunlarida koronavirusni davolashda ishlatilgan himoya vositalarini utilizatsiya qilishga alohida e’tibor berilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 10-iyul - Sputnik, Anna Jelixovskaya. Tibbiy chiqindilar 4 guruhga tasniflanadi - A, B, V, G. COVID-19 bilan kasallangan bemorlar qo‘li tekkan har qanday buyum B toifasiga kiradi. Bu epidemik nuqtayi nazardan xavfli materialdir, ular maxsus chiqindilarni yoqish pechlari – insineratorlarda  yo‘q qilinishi kerak. Bu bilan O‘zbekistonda yagona MED CLASS PLUS korhonasi shug‘ullanadi. Uning xodimlari karantin paytidan koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashda bevosita ishtirok etayotganliklari haqida gapirib berishdi.

Izsiz yo‘qotish uchun: O‘zbekistonda tibbiy chiqindilar qanday utilizatsiya qilinmoqda

Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra, karantin davrida bemorlar kontakt qilgan barcha narsalar, hatto maishiy chiqindilar va oziq-ovqat qoldiqlari ham, tibbiy chiqindilar deb ataladi. Bularning barchasi ehtimoliy bemorlar joylashgan uylardan, yuqtirilgan bemorlar davolanayotgan tibbiyot muassasalaridan va konteynerli sanitariya shaharchalaridan olib chiqiladi. Minglab odamlar karantinga joylashtirilgan shaharchalarda eng ko‘p tibbiy va maishiy chiqindilar hosil bo‘ladi.

Korxona vakilining so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqtgacha maxsus transport vositalarida kuniga 7-8 tonnagacha xavfli yuk olib ketilib, yoqib yuborilgan. Hozirda O‘rtasaroy maxsus kompleksi hududida 7 dona Italiyada ishlab chiqaradigan pechlar o‘rnatilgan. Endi chiqindilar shu yerning o‘zida utilizatsiya qilinmoqda. Har bir pechning yonish kuchi bir vaqtning o‘zida 1 tonnani tashkil etadi.

Insinerator ikki kameradan iborat: yoqish va elitish. “B guruhidagi chiqindilarni biz ikki kameradan iborat maxsus pechlarda yoqamiz. Birinchisida chiqindi 1200 daraja haroratda yonadi, hatto kul ham qolmaydi. Ikkinchi kamerada - bug‘latuvchida - elitish jarayoni o‘tadi. Maxsus texnologiya atrof-muhitga mutlaqo zararsiz oq tutun chiqarish imkonini beradi”, - deya tushuntirdi korhona vakili. Bu holatda, nafaqat tibbiy chiqindilar, balki koronavirus bilan kasallanganlardan qolgan maishiy chiqindilar ham yoqiladi. Bu hojatxona qog‘ozi, idishlar, oziq-ovqat chiqindilari, choyshablar va boshqalar.

“Ushbu chiqindilar yoqish kamerasining hajmi 1 tonnani tashkil qiladi. Ahlatning bir marotaba yuklanishi to‘rt soat davomida yoqib yuboriladi. Hatto koronavirus infeksiyasida gumonlanayotganlardan qolgan chiqindilar ham utilizatsiya qilinadi”, - deya qo‘shimcha qildi suhbatdosh.

Infeksiyalangan bemorlarning, shuningdek, ehtimoliy bemorlarning barcha oziq-ovqat chiqindilari maxsus germetik sariq plastik idishlarga, plastik esa zichligi 13 mikron bo‘lgan maxsus sariq polietilen paketlarga yig‘iladi.

Izsiz yo‘qotish uchun: O‘zbekistonda tibbiy chiqindilar qanday utilizatsiya qilinmoqda

Koronavirus infeksiyasi xavfi nafaqat shifokorlar, balki ushbu chiqindilarni yig‘ish va yo‘q qilish bilan shug‘ullanadigan odamlar uchun ham bor. Xodimlarning xavfsizligi uchun barchaga huddi shifokorlarga beriladigan himoya vositasi beriladi. Yig‘ish va yoqish paytida mutaxassislar ikki qavat niqob, ko‘zoynak yoki ekran, qo‘lqoplar, shuningdek himoya kombinezoni va rezina etiklari kiyadilar. Hodimlar pechga har to‘rt soatda chiqindilarni yuklaganda, shaxsiy himoya vositalarini ham o‘zgartiradilar.

Koronavirusning suyuqlikda va sirtlarda bir necha kungacha saqlanishi mumkinligini hisobga olib, chiqindilarni imkon qadar tezroq yo‘q qilish juda muhimdir.