O‘zbekiston va AQSh investitsiyalar borasida hamkorlikni chuqurlashtiradi

O‘zbekiston va AQSh investitsiyalar sohasida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot imzoladi.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. O‘zbekiston va AQSh investitsiyalar va infratuzilmaviy rivojlanish sohasidagi sohasida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot imzoladi. Bu haqida Investitsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra 29-iyun – 1-iyul kunlari Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Adam Boyler va AQShning Afg‘onistonda milliy yarashuv jarayoni bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzadni O‘zbekistonga tashrif buyurishgan.

Toliblar Qobul bilan murosaga tayyor, deya bayonot qildi AQSh maxsus vakili

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholiga infratuzilma, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanishga, shuningdek, muqobil energiya manbalarini keng joriy etishga qaratilgan xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus dasturlarni amalga oshirishdan manfaatdorligini tasdiqladilar.

Tomonlar DFC mablag‘lari jalb qilingan holda davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida energetika, transport, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida O‘zbekistonda strategik infratuzilmaviy loyihalarni aniqlash va amalga oshirish maqsadida muntazam ravishda birgalikda faoliyat olib borishga kelishdilar.

Bundan tashqari, ayollarning iqtisodiyotda har tomonlama va erkin ishtirok etishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga investitsiya kiritish muhimligini ta’kidlandi.

Shu bilan birga, uchrashuvda Afg‘oniston va Markaziy Osiyo o‘rtasida savdo-iqtisodiy, transport va energetika aloqalarini kengaytirish harakatlarni qo‘llab-quvvatlashda hamfikrlik bildirildi.

Tashrif davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, Afg‘oniston, Pokiston va Hindiston bilan birgalikda mintaqaviy jamg‘armani tashkil etish bo‘yicha kelgusida muhokamalarni o‘tkazishga kelishib olindi. Qo‘shma Shtatlari har bir davlat tomonidan e’lon qilingan kapitalning xususiy sektor investitsiyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadlariga muvofiqligini o‘rganadi.

DFC - (U.S. International Development Finance Corporation) - AQSh hukumatining mustaqil agentligi bo‘lib u xususiy sektorga kiritilayotgan AQSh xorijiy sarmoyalarini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi. Agentlik hozirgi mavjud OPIC, DCA, DFC va USAID tashkilotlariga qo‘shimcha ravishda ularga nisbatan 2 baravar ko‘p (60 milliard $) moliyaviy imkoniyatlarga ega. DFC - 2019-yilning 20-dekabrida tashkil qilingan.