Rossiya 13 ta mamlakatga parvozlarni qayta tiklashga tayyor: O‘zbekiston ro‘yxatda bormi

Rospotrebnadzor epidemiologik vaziyat yaxshilanishi munosabati bilan 13 mamlakat bilan parvozlarni tiklashni taklif qildi.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyul - Sputnik. Rossiya xalqaro havo qatnovini ikki bosqichda qayta tiklaydi. Bunday qaror mamlakatda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab yig‘ilishidan keyin qabul qilindi.

Rospotrebnadzor tezkor shtab g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi va 13 mamlakatga parvozlarni ochishni taklif qildi. Tegishli maktub Rosaviatsiya agentligi va transport vazirligiga jo‘natildi.

Rossiyada MDH davlatlari bilan parvozlarni qayta tiklash taklif qilindi

Hujjatda aytilishicha, epidemik vaziyat tahlil qilingandan keyin, Rospotrebnadzor parvozlarni qayta tiklash uchun birinchi bosqichda 13 davlatni nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Gap Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Italiya, Niderlandi, Norvegiya, Polsha, Finlyandiya, Xitoy, Vyetnam, Mo‘g‘iliston va Shri-Lanka haqida ketmoqda.

Shu bilan birga, parvozlarni qayta tiklash muddatlari va Rossiya fuqarolarini parvozlarga qo‘yilishi haqida ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli Rossiya 27-mart kuni xalqaro muntazam va charter reyslarini vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan edi.