Maktab o‘quvchilarini tarbiyalash uchun alohida fan kerak emas - rossiyalik o‘qituvchi

RFda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi Yevgeniy Yamburg O‘zbekiston maktablarida “Tarbiya” yangi fanining joriy etilishi haqidagi yangilikga o‘z izohini berdi.
Sputnik

Biroz oldin, yangi o‘quv yilida o‘zbek maktablarining birinchidan to‘qqizinchi sinfgacha o‘quvchilari dars jadvalida “Etika”, “Vatan hissi”, “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” va “Jahon dinlari tarixi” fanlarini birlashtirgan yangi “Tarbiya” fani paydo bo‘ladi bo‘lishi haqida xabar bergan edik. 

Ushbu yangilikni RFda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi, Rossiya ta’lim akademiyasi akademigi, Moskva shahridagi 109-sonli maktab direktori Yevgeniy Yamburg izohladi va bu sohada Rossiyada qandy ishlar amalga oshirilayotganini aytib o‘tdi. 

"Tarbiya barcha fanlarni qamrab oladigan yaxlit jarayon va alohida fan joriy etilishi kutilgan jiddiy samarani bermaydi. Bu mening shaxsiy fikrim”, - dedi o‘qituvchi.

“Rossiyada ota-onalar o‘z farzandlari uchun dunyoviy yoki diniy ahloqni tanlashi mumkin – islomiy yoki pravoslav... Ammo katta sinflarda esa ko‘plab elektiv kurslar mavjud bo‘lib, ulardan birini tanlash imkoni bor”, - deb qo‘shimcha qildi Yamburg.

To‘liq sharhni Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida tinglang.

Maktab o‘quvchilarini tarbiyalash uchun alohida fan kerak emas - rossiyalik o‘qituvchi