Belgiya klubi “Rostov”ga Shomurodov transferiga oid so‘rov yo‘lladi

Futbol. RPL. Match Krasnodar - Rostov
Avvalroq Eldor Shomurodovga Ispaniyaning “Sevilya”, Fransiyaning "Lion" klublari qiziqish bildirayotgani ma’lum bo‘lgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Belgiyaning “Gent” futbol klubi “Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sport24 nashri xabar qilmoqda.

Xabarda keltirilishicha, “Gent” 8-iyul kuni 25 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi transferi borasida “Rostov”ga so‘rov yuborgan.

Rostov prodlil kontrakt s Eldorom Shomurodovim
Eldor Shomurodov “Rostov” bilan shartnomani uzaytirdi

Eldor Shomurodov 2017-yilning yozida “Bunyodkor” klubidan 300 ming yevro evaziga Rossiyaning “Rostov” jamoasi safiga o‘tgan edi. Joriy mavsum davomida futbolchi jamoa safida 26 o‘yinda ishtirok etib, 11 gol va sakkizta golli uzatma muallifiga aylandi.

Shomurodovning “Rostov” bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlari bo‘yicha, futbolchining narxi 5,2 million yevroga teng.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eldor Shomurodovga Ispaniyaning “Sevilya”, Fransiyaning "Lion" klublari qiziqish bildirayotgani ma’lum bo‘lgan edi.