Qozog‘istonning Jambil viloyati O‘zbekistondan yordam so‘radi

Qozog‘istonning Jambil viloyatida sun’iy nafas oldirish apparati yetishmaydi. Viloyat Rossiya va O‘zbekiston bilan ushbu tibbiyot uskunalarini yetkazib berishga oid muzokaralar o‘tkazmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Qozog‘istonning Jambil viloyatida sun’iy nafas oldirish apparati yetishmaydi. Viloyat hokimi Berdibek Saparbayev Rossiya va O‘zbekiston bilan ushbu tibbiyot uskunalarini yetkazib berishga oid muzokaralar o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.

“Viloyatda 148 dona sun’iy nafas oldirish apparati bor. Bu yetarli emas. Hozir biz Rossiya, O‘zbekiston bilan ishlamoqdamiz. Yaqin kunlarda yana 50 dona shunaqa apparatlarni olishimiz rejalashtirilmoqda”, - dedi Saparbayev. Uning so‘zlaridan Sputnik Qozog‘iston nashri iqtibos keltirgan.

Qozog‘istonning Jambil viloyatida koronavirus pandemiyasi boshlangandan buyon 1866 ta kasallanish holati aniqlangan. Bemorlarning 598 nafari tuzalib ketgan. Uch kishi virus qurboniga aylangan.

Rossiya xorijga 600 ta sun’iy nafas oldirish apparatini, jumladan, O‘zbekistonga yetkazib berdi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati Qirg‘izistonning Botken shahriga insonparvarlik yordami jo‘natgani xabar qilingan edi.