O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tijorat banklarini isloh qilishni jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Xususiy sektorning bank aktivlaridagi ulushini 15 foizdan 60 foizgacha oshirish rejalashtirilmoqda.
MDU Iqtisodiyot fakulteti, Iqtisodiy siyosat tadqiqotlar markazi direktori, iqtisod fanlari nomzodi Oleg Buklemishev O‘zbekistonda bank tizimini isloh qilish va uni davlat tizimidan xususiyga o‘tkazish juda muhim qadam ekanligini ta’kidladi. Mutaxassisning fikriga ko‘ra, bu, hukumat kapitalni joylashtirish bo‘yicha avvalgi harakatlar natijalaridan qoniqmaganligidan dalolat beradi.
“Axir, milliy bank tizimining asosiy mohiyati kredit resurslari, depozitlarni jalb qilish va ularni milliy iqtisodiyotni rivojlantirish nuqtayi nazaridan eng samarali bo‘lgan sohalarga joylashtirishdan iborat”, - dedi Buklemishev.
Uning fikriga ko‘ra, xususiy yondashuv yordamida iqtisodiyot o‘sishning va rivojlanishning yangi nuqtalarini topishi, shuningdek, davlat tizimi hal qila olmagan muammolarini hal qilishi mumkin.
“O‘zbekistonda tadbirkorlarning kelajakdagi tashabbuslari daromadliligi, samaradorligi va tijorat muvaffaqiyatini baholashga o‘tish juda muhim deb o‘ylayman. Biz boshqa mamlakatlarda bank tizimi milliylashotganini yoki bank tizimi kapital joylashuvini taqsimlanishining boshqa mexanizmlari bilan almashtirilayotganini kuzatmoqdamiz. O‘zbekistonda, bir tomondan, eskicha usulni qo‘llash qarori qabul qilindi, ikkinchi tomondan esa, xususiy kapitalga, u davlat bank tizimiga qaraganda samaraliroq amalga oshiruvchi funksiya ishonib topshirildi”, - deydi ekspert.
To‘liq sharhni Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida tinglang.