Kirish imtihonlari onlayn bo‘lmaydi – DTM

OTMlarga kirish imtihonlari onlayn tartibda o‘tkazilmaydi, imtihon kunini esa Davlat komissiyasi belgilaydi - DTM.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyul - Sputnik. Bu yilgi oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari odatdagi tartibda bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga Davlat Test markazining ma’sul xodimi.

Biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarda imtihonlar onlayn tartibda bo‘larmish, test kuni 10-avgustga kechiktirilishi mumkin ekan, degan xabarlar tarqalgan edi.

“Kirish imtihonlari onlayn emas, odatdagi tartibda bo‘lib o‘tadi. Imtihon kunini Maxsus komissiyasi belgilaydi. DTM odatdagi tartibda imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda”, - dedi DTM ma’sul xodimi Sputnik muxbiriga.

DTM xodimining so‘zlariga ko‘ra, imtihonlar kechiktirilishi mumkinligi haqidagi xabarlar ham tasdiqlanmagan. Imtihon kunini Davlat komissiyasi belgilaydi va hozircha bu borada aniq ma’lumot yo‘q. JTM odatdagi tartibda imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rayapti.