COVID-19 bemori bilan muloqotda bo‘lganlarni karantinda saqlashning tartibi joriy etildi

Koronavirus yuqtirib olgan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslar uy sharoitida karantinda saqlanadi. Karantinda saqlash muddati 14 kundan 10 kunga qisqartiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olgan bemorlar bilan muloqot qilgan shaxslarni karantinda saqlashning yangi tartibi joriy etildi.

Yangi tartib:

  • koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslar uy sharoitida karantinda saqlanadi;
  • karantinda saqlash muddati 14 kundan 10 kunga qisqartiriladi hamda 10 kun muddatda koronavirus infeksiyasini aniqlash bo‘yicha test natijalari manfiy bo‘lgan taqdirda karantindan chiqariladi;
  • test natijalari musbat bo‘lgan taqdirda, bemorda koronavirusning klinik belgilari kuzatilsa, shifoxonaga joylashtiriladi, kasallik alomatlarsiz o‘tayotgan bo‘lsa, uy sharoitida davolanishga o‘tkaziladi (uy sharoitida davolashning imkoni bo‘lmasa, belgilangan tartibda tibbiyot muassasasida davolashga o‘tkaziladi).