Buxoroda tez yordam mashinasi ishtirokidagi YTHda 2 kishi qurbon bo‘ldi

Peshku tumanida “Damas” tez yordam mashinasi “Isuzu”ga kelib urildi. Natijada “Damas” haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Buxoro viloyatida “Damas” tez yordam mashinasi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar qilmoqda.

YTH 7-iyul kuni A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 345-kilometrida sodir bo‘lgan. “Damas” tez tibbiy yordam mashinasi haydovchisi ehtiyotsizligi sabab yo‘l chetida to‘xtab turgan “Isuzu” yuk mashinasining orqa qismiga borib urilgan.

Jizzaxda dahshatli YTH: ikki kishi qurbon bo‘ldi, uch nafari reanimatsiyada

Hodisa natijasida “Damas” haydovchisi 32 yoshli E.P. va yo‘lovchisi 28 yoshli A.X.lar og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan.

Mazkur YTH yuzasidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.