Shiringina qizaloq: xonanda Lola Yo‘ldosheva uchinchi bor ona bo‘ldi

Xonandaning muxlislari ushbu ajoyib xushxabardan so‘ng tabriklarni yog‘dira boshlaganlar. Aksariyati jajjigina qizaloqqa baxt va sog‘lik tilashmoqda
Sputnik

TOShKENT, 7-iyul - Sputnik. Xonanda Lola Yo‘ldosheva uchinchi bor ona bo‘ldi. Xonanda qiz farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda Lola Yo‘ldosheva o‘zining instagramida ma’lum qilgan.

"Qizalog‘im..., bizning dunyomizga xush kelibsan. Bizning bebaho xazinamiz✨ bizning baxtimiz, biz seni juda ham yaxshi ko‘ramiz. Dadang bilan hamisha yoningda bo‘lamiz", - deb yozgan xonanda yangi tug‘ilgan chaqaloq oyoqchalari aks etgan suratga qoldirgan izohida.

Xonandaning muxlislari ushbu ajoyib xushxabardan so‘ng tabriklarni yog‘dira boshlaganlar.

Aksariyat tilaklarda yangi mehmonga baxt va sog‘lik tilangan.

Ushbu xushxabar hozirgacha 30 mingdan ortiq layk to‘plagan. Ikki mingdan ortiq izohlar qoldirilgan.