Rossiya 10 km masofada jangovar tizimlarini yakson qiladigan elektromagnit qurolni yaratdi

Rossiya zarba dronlari va sun’iy intellektli zirhli transport vositalarini, shuningdek, potensial raqibning yuqori texnologiyali jangovar tizimlari va robotlarini yo‘q qilish vositalarini muvaffaqiyatli sinamoqda.
Sputnik

Rossiya zarba dronlari va sun’iy intellektli zirhli transport vositalarini, shuningdek, potensial dushmanning yuqori texnologiyali jangovar tizimlari va robotlarini yo‘q qilish vositalarini muvaffaqiyatli sinamoqda.

Rossiya Federatsiyasining harbiy-sanoat kompleksidagi manbalar xabar berishicha, rus elektromagnit (EM) qurollarining namunalarining nishonlarni kafolatlangan yo‘q qilish masofasi 10 kilometrga yetdi. Bu shuni anglatadiki, boshqaruv va nishonga olish uskunalari komponentlarining elektromagnit impulsi raqibning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rib nishonga olinadigan yuqori texnologiyali havo va yer usti qurollarini yoqib, bir zumda metallolom parchalariga aylantirilishi mumkin. Ovozsiz o‘qqa tutish milisekundlarda davom etadi, olov, tutun yoki orqaga urish kuchi yo‘q. EM-to‘p joydashuvini standart radiolokatsion yoki sun’iy yo‘ldosh razvedkasi yordamida aniqlab bo‘lmaydi.

Amerika Patriot tizimlarining yangi muvaffaqqiyatsizligi

Ilgari EM qurolining amal qilish masofasi uch kilometrga yetgan. Qurolning yangi turining dala sinovlari 2015-yildan beri davom etmoqda, EM-to‘p havoda dronlarni va yerdagi turli xil qurilmalarni muvaffaqiyatli “yoqib yubormoqda”. Rossiya jangovar elektronikasining “do‘stona” EM qurolining zarbasi ta’siridan himoyasi ta’minlangan. Shunday qilib, “Roselektronika” xoldingi mutaxassislari avvalroq zamonaviy zirhli transport vositalarining elektron qurilmalarini, zenit-raketa tizimlari va samolyotlarni dushmanning radioelektron jangi (REB) vositalari ta’siridan himoya qila oladigan ferrit tolasini yaratdilar.

Yangi EM qurolini harbiy xizmatga qabul qilish muddatlari hali belgilanmadi, ammo Rossiya bunga yaqinlashgani va uning muvaffaqqiyati yaqqol. Bugungi kunda sinov namunalari dronlar, vertolotlar va raqibning qanotli raketalarini sezilarli masofada urishga qodir. Aynan havo hujumidan mudofaa vositasi sifatida yangi qurol rekord o‘rnatdi - u 10 kilometrlik masofadagi mashq havo nishonini “yoqib yubordi”. Agar zarba berish masofasini 20 kilometrgacha oshirish imkoniyati tug‘ilsa, unda zamonaviy jangovar samolyotlar (balandlikdaga) ham nishonlar toifasiga qo‘shiladi. Rossiya mudofaa sanoatining bu sohadagi yangi yutuqlari o‘zini uzoq kuttirib qo‘ymasligiga ishonaman. Yangi fizik tamoyillar asosida ishlaydigan radioelektron qurollari allaqachon Rossiya armiyasi ishlatilmoqda, yaqinda Sputnik “Listva” masofadan minalardan tozalash vositasi haqida gapirib bergan edi.

Amaldagi EM qurollari

Elektromagnit nurlanish texnologiyasiga asoslangan qurollar ishlash prinsipi bo‘yicha radioelektron jang tizimlariga yaqin (REB). Porox va metall o‘rniga Rossiya EM-to‘pi yuqori chastotali nurlanish energiyasidan foydalanadi. Zarar yetkazuvchi elektromagnit nurlanishi yorug‘lik tezligida tarqaladi. Bir zarba uchun katta energiya xarajatlari hozircha muammo bo‘lib qolmoqda, ammo texnologiyalar doimo rivojlanib bormoqda. Kelgusida EM-to‘plari 6 avloddagi og‘ir qiruvchi samolyotlar, Quruqlikdagi kuchlar uskunalari va dengiz floti kemalarigi joylashtirilishi mumkin. Agar biron kun jang maydonidagi samolyot va vertolotlar, dronlar, qanotli raketalari, tanklar va boshqa zirhli texnikalar biron bir sababsiz “o‘chib qolsa”, demak, ular yangi jang texnologiyalarining nishoni ostida.

Parvoz vaqtida F-35ning dumi tushib qolsa, termoyadro bombalari taqdiri ne kechadi

EM-tupi o‘ldirmaydigan qurol hisoblanadi - u elektronikani yo‘q qiladi, ammo tirik kuchni qoldiradi. Og‘ir elektromagnit nurlanish inson salomatligi uchun xavflidir, asab, immun va tananing boshqa tizimlariga ta’sir qilishi mumkin. Lekin shunga qaramay, agar EM-impulsi mikrosxemani “yondirib” va samolyot dvigatelini to‘xtatsa, uchuvchi o‘limga mahkum bo‘ladi - katapulta ham ishdan chiqadi.

Elektromagnit qurollar - muayan sohalarda ishlashga mo‘ljallangan vositalar turkumi. Shuningdek magnit maydoni klassik artilleriyada poroxga alternativa sifatida dastlabki tezlikni berish uchun foydalanishi mumkin (relsotron to‘p). Rossiyada radioelektron jang tizimlari, qo‘shinlarni aloqa va boshqaruvsiz qoldirib, bo‘linmalarni uyushmagan olomonga aylantirishga qodir 4 km radiusda barcha dushman radio va elektron jihozlarini o‘chiradigan elektromagnit bombalar, ya’ni ustuvor rivojlanishni oldi. EM-to‘p - bu g‘alabaning yangi yuqori texnologiyali tarkibiy qismi.

Qizig‘i shundaki, elektromagnit qurol g‘oyasi Birinchi Jahon urushi paytida bir vaqtning o‘zida Rossiya va Fransiyada paydo bo‘lgan. Uning asosida elektromagnetizm nazariyasi muallifi nemis tadqiqotchisi Yogang Karl Fridrix Gaussning asarlari olingan. G‘oya o‘z vaqtini ortda qoldirdi, ammo harbiy texnikada amaliy qo‘llanilmadi: fransuz modeli 50 grammlik snaradni 200 m/s tezlikgacha qo‘zg‘atoldi va bu borada an’anaviy artilleriyaga yutqazdi. Rossiyaning “Magnit-fugal” to‘pi loyihasi chizmalarda qolib ketdi. Elektromagnit qurollar g‘oyalarining uyg‘onishi 21-asrning boshlarida boshlandi: Artimovichning relsotroni 2011-yilda Rossiya Fanlar akademiyasining Birlashgan yuqori haroratlar instituti Shatura filiali laboratoriyasida sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Elektromagnit qurol juda kichik snaradlar bilan ot ochdi, ammo bu “no‘hatday” o‘qlar elektromagnit tezlashishi yordamida o‘z yo‘lidagi metall plastinalarni deyarli plazmaga aylantirdi. Besh yildan so‘ng, rossiyalik mutaxassislar materiyani deyarli birinchi kosmik tezlikgacha qo‘zg‘otishdi va bugungi kunga juda katta yo‘lni bosib o‘tdilar.

Hamkorlar ortda qolmoqda

Elektromagnit qurollar loyihalari bilan AQSh, Isroil, Turkiya, Fransiya, Xitoy ham shug‘ullanmoqda. Va shunga qaramay, ushbu mamlakatlarning hech biri “yuqori chastotali zarbaning”ning o‘n kilometrlik samarali masofasiga erisha olmadi. Masalan, AQSh harbiy-dengiz kuchlari o‘tgan yozda relsotron to‘pini sinovdan o‘tkazdi va uning tezligi taxminan 2041 m/s yetdi. E’tibor berish kerak, ushbu qattiq jismli snarad (elektromagnit impuls emas) zamonaviy poroxli artilleriya snaradi maksimal tezligidan - 2500 m/s dan oshmadi. Kelajak urushlari uchun bu qo‘zg‘olish aniq yetarli emas.

Qozog‘iston O‘zbekiston va Tojikiston bilan aviatashuvni qayta tiklamoqda

Relsotron - bu elektromagnit to‘pning  bir turi bo‘lib, uning asosiy elementlari - quvvat manbai, kommutatsion uskunalar va uzunligi bir metrdan besh metrgacha bo‘lgan ikkita elektr o‘tkazuvchan relsdir. Otish plazma energiyasi (maxsus qo‘shimchaning yonishi) va elektromagnit maydonning o‘zaro ta’siri tufayli yuqori kuchlanishni qo‘llash paytida sodir bo‘ladi. Amerikaliklar 2000-yillarning boshidan 475-mmlik relsotron to‘pini (General Atomics va BAE Systems ishlanmalari) laborator sinovlarini o‘tkazishmoqda, ammo muvaffaqiyat hali beri ko‘rinmaydi. To‘pdan 2200 m/s tezlikda uchib chiqayotgan 23 kg og‘irlikdagi snarad katta talofat yetkazishi mumkin. Ammo uning qayerga va qancha masofaga uchib borishi noma’lum.

AQSh harbiy-dengiz flotidagi relsotronning taqdiri ham havas qilib bo‘lmaydigan. Uning atigi bir necha o‘nlab zarba resursi va katta energiya sarfi tufayli, uni AQShning ilg‘or Zumwalt eminetsida joylashtirish g‘oyasidan voz kechildi. Kema o‘z qurolining qurboniga aylanishi mumkin emas, EM-to‘pidan foydalanish kemaning deyarli barcha elektrtizimi o‘chishini anglatadi, shu jumladan havodan mudofaa tizimini va raketalarga qarshi tizimni o‘chirib qo‘yishni anglatadi. AQSh Harbiy-dengiz instituti mutaxassislari oxir-oqibat Zumwalt sinfidagi esmineslarni qo‘mondonlik kemalari sifatida ishlatishni taklif qilishdi. Izlanishlar davom etmoqda. Yuqori texnologiyali qurol-aslaha sohasida yetakchi davlatlar Rossiyadan ancha ortda qolmoqdalar.