Lukashenko intervyuga poyabzalsiz keldi

"Farroshlarni hurmat qilaman, poyabzalsiz yuraman!" — degan davlat rahbari o‘z tashqi ko‘rinishiga izoh berar ekan
Sputnik

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko intervyuga paypoqda keldi. Video "Belarus 1" telekanali tomonidan e’lon qilingan.

Lukashenko koronavirus, aroq va Jirinovskiy haqida latifa aytib, kuldirdi

"Farroshlarni hurmat qilaman, poyabzalsiz yuraman!" — deya izoh bergan davlat rahbari o‘z tashqi ko‘rinishiga, liftdan jurnalistlar qarshisiga chiqar ekan.

Ushbu kadrlar Vladimir Putin bilan Sochida o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng suratga olingan. Jurnalist Aleksey Krivosheyevning hikoya qilishicha, u ham xuddi Belarus prezidenti singari, butun intervyuni poyabzalsiz o‘tkazgan.