Koreyaning COVID-19 ga qarshi amaliyotini O‘zbekistonda joriy etish istiqboli muhokama qilindi

Sardor Umurzakov Koreya TIV rahbari bilan Koreyaning koronavirusga qarshi ilg‘or amaliyotini O‘zbekistonda joriy etish istiqbollari muhokama qildi.
Sputnik

TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Koreya tashqi ishlar vaziri Kan Gon Xva bilan uchrashdi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Seul shahriga tashrifi davomida amalga oshirilgan.

“Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan dunyoda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha eng katta muvaffaqiyatga erishgan davlatlardan biri sifatida e’tirof etilgan Koreyaning bu boradagi ilg‘or amaliyotini O‘zbekistonda joriy etish istiqbollari muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.

Jumladan, pandemiyaga qarshi kurashda xalqaro sa’y-harakatlarni birlashtirish va muvofiqlashtirishga kelishildi.

Bundan tashqari, hukumat va vazirlar darajasida ikki tomonlama tadbirlarni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Ular orasida O‘zbekiston va Koreya bosh vazirlari o‘rinbosarlarining 3-yig‘ilishi, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya hukumatlararo qo‘mitasining navbatdagi 10-yig‘ilishi, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokidagi biznes – forumi ham bor.