Farg‘ona viloyati Qirg‘izistonning Botken shahriga insonparvarlik yordami jo‘natdi

Qirg‘izistonga yetkazilgan asbob-uskunalar va himoya vositalarining qiymati 81,5 ming dollarni tashkil etadi.
Sputnik

TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Farg‘ona viloyati Qirg‘izistonning Botken shahriga tibbiy himoya vositalari va diagnostika laboratoriya uskunalari ko‘rinishidagi insonparlik yordamini yubordi.

Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekistondan yordam Botken shahri hokimi Alisher Abdurahmanov va Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng yetkazilgan.

Qirg‘iziston prezidenti to‘ylarni taqiqlashni taklif qildi

Topshirilgan asbob-uskunalar va himoya vositalarining qiymati 6,3 million qirg‘iz somini (81,5 ming dollar) tashkil etadi. Qirg‘iziston hukumati rahbariyati qiyin vaziyatda qo‘llab-quvvatlagani uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda 8141 ta koronavirus bilan bog‘liq holat aniqlangan. Bemorlarning 2916 nafari tuzalib ketishga muvaffaq bo‘lgan. 99 kishi virus qurboniga aylangan.