TOShKENT, 7-iyul - Sputnik. Yerning barcha mintaqalarida jaziramaning halokatli ko‘tarilishi qayd etildi. Bu haqda Nature Communications jurnali Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels universiteti olimlari tadqiqotiga tayangan holda yozmoqda.
Mutaxassislar butun dunyo bo‘ylab issiqlik to‘lqinlarining chastotasi va kuchining keskin o‘sishini aniqladilar.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Avstraliyada so‘nggi 70-yil davomida barcha yoz davrlarida kumulyativ issiqlikka (graduslar yig‘indisi normadan yuqori) qo‘shimcha 80°C qo‘shilgan. Sibir va O‘rta yer dengizi mintaqasida ko‘rsatkich kamida 200°Cga o‘zgargan.
Bundan tashqari, nafaqat issiqlik to‘lqinlar chastotasi ko‘tarilmoqda, balki tendensiya tezlashishi ham ro‘y bermoqda.
Ta’kidlanishicha, har 10-yilda kumulyativ issiqlik taxminan 1°C dan 4,5°C gacha ko‘tariladi.
Yaqin Sharq, Afrika va Janubiy Amerika kabi mintaqalarda bu ko‘rsatkich o‘n yil ichida birdaniga 10°Cga ko‘tarildi. O‘sish issiq davrlarning davomiyligiga bog‘liq.
Olimlarning ta’kidlashicha, tadqiqot natijalari global isishning tezlashishini ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, issiqlikning tezlashishidan birinchi navbatda infratuzilmasi rivojlanmagan davlatlar aziyat chekadilar.