AQSh Turkiyani F-35 dasturidan chiqarib yuborishga tayyormi? Siyosatshunosning fikri

AQSh senatorlari Turkiyani F-35 qiruvchisi dasturidan butunlay chetlatilishini talab qilishdi. Sputnik radiosi efirida siyosatshunos Dmitriy Yevstafyev ushbu vaziyatda bir qancha muhim jihatlar mavjudligini ta’kidladi.
Sputnik

Respublikachi-senatorlar Djeyms Lenkford va Tom Tillis hamda Demokratik partiyadan senatorlar Djin Shaxin va Kris Van Xollen AQSh mudofaa vaziri Mark Esperga maktub yo‘lladilar, unda Turkiyani beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyoti dasturidan butunlay chiqarilishini talab qilishdi. Bu haqda “Voyennoe obozrenie” nashri xabar bermoqda.

Rossiya 10 km masofada jangovar tizimlarini yakson qiladigan elektromagnit qurolni yaratdi

AQSh qonun-chiqaruvchilari Pentagonni Turkiyani qiruvchi samolyotlarni ishlab chiqarishda ishtiroki davom etayotgani sabablarini tushuntirishga chaqirdi.

Maktubda aytilishicha, turk ishlab chiqaruvchilari, bunday ishtirokni qonuniy ravishda taqiqlanganiga qaramay, hali ham muhim elementlarni ishlab chiqarib yetkazib bermoqdalar.

Senatorlar ta’kidlashlaricha, Turkiyadan F-35 uchun butlovchi qismlarni yetkazib berishni to‘htatish AQSh uchun “moliyaviy qiyinchiliklar”ni keltirib chiqarsa-da, ammo buni “qilish kerak”.

AQSh, Anqara Rossiyadan S-400 havo mudofaa tizimini sotib olgandan keyin, Turkiyani F-35 dasturidan chetlatilishini e’lon qildi. Vashington Ankaraga beshinchi avlod qiruvchi samolyotlarini yetkazib berishdan bosh tortdi, bunga javoban Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiyaga samolyotlarga sarflagan mablag‘larni qaytarishni yoki F-35larni yetkazib berishni talab qildi.

Sputnik radiosi efirida siyosiy fanlar nomzodi, siyosatshunos Dmitriy Yevstafyev vaziyatni sharhlar ekan, bunda birdaniga bir nechta muhim jihat mavjudligini aytdi.

“AQSh Senati va ayniqsa demokratlar (prezident Donald) Trampning Erdo‘g‘on bilan savdolashish imkoniyatlarini iloji boricha kamaytirmoqchi. Tramp ushbu savdoni o‘zining tashqi siyosatining ustunlaridan biriga aylantirgan. Ammo bu AQShda ko‘pchilikni g‘azablantira boshladi - hamma aniqlikni xohlaydi. Erdo‘g‘on esa juda mohirona savdolashadi. Tramp va’da qilganidek, “ulkan bitim” ko‘rinmaydi, aslida. Ikkinchi masala ham bor: AQShning Yaqin Sharqdagi asosiy ittifoqchilari bilan munosabatlarning yomonlashishini hisobga olgan holda, Anqara siyosatining oldindan bashorat qilinishi bo‘yicha to‘liq aniqlik kerak. Bugungi kunda bunday aniqlik yo‘q. Shuning uchun amerikaliklar stavkalarni ko‘tarishga harakat qilmoqda. Bu qanchalar ish berishi - katta shubha ostida”, - dedi Dmitriy Yevstafyev.

Uning fikricha, amerikaliklar Turkiyani F-35 ishlab chiqarish loyihasidan butunlay chiqarib yuborishga hali tayyor emas.

“Umuman olganda, Turkiyaning dasturdagi roli unchalik katta bo‘lmagan ham. Ammo u bir necha segmentlarda amalga oshirildi, ular asosan ushbu dasturni amalga oshirish uchun anchagina muhim edi. AQSh va uning eng yaqin ittifoqchilari shu vaqtgacha (vaziyat bir yildan beri davom etmoqda) ushbu loyihada qanchalar Turkiyaning mahsulotlarini import o‘rnini to‘liq bosishi va ishlab chiqarishni almashtirishi juda katta shubha ostida. O‘ylaymanki, biz hozircha Vashington va Anqara o‘rtasida qandaydir savdolashishni kuzatmoqdamiz, va bu hozircha to‘liq ajralishni anglatmayapti. Ammo ertami-kechmi bungacha boradi”, - deb hisoblaydi Dmitriy Yevstafyev.