JSST COVID-19 ga qarshi Rossiya vaksinasiga qiziqish bildirmoqda

JSST bosh ilmiy xodimi Sumiya Svaminatan tashkilot COVID-19 ga qarshi Rossiya vaksinasiga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) COVID-19 ga qarshi Rossiya vaksinasiga qiziqish bildirmoqda.

“Biz avifavir (koronavirusga qarshi dori – tahr.) sinovlari o‘tkazilayotganidan xabardormiz. Ikki yoki uchta dori sinovlari o‘tkazilmoqda, shunday ekan natijalarini kutmoqdamiz. Biroq, bundan tashqari, Rossiya vaksinasiga ham qiziqish bildirmoqdamiz”, - dedi RIA Novostiga JSST bosh ilmiy xodimi Sumiya Svaminatan.

Rossiyada yaratilgan vaksina koronavirusdan eng kamida necha yil himoya qilishi aytildi

Sumiya Svaminatan JSSTning vaksina ishlab chiqarish uchun “Birdamlik sinovlari” loyihasi borligini ta’kidlagan va Rossiya olimlari hamkorlik qilishga rozi bo‘lishiga umid bildirgan.

Hozirda Rossiya “Birdamlik sinovlari” loyihasida ishtirok etmaydi. Loyihaga AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy va Fransiya ham qo‘shilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada sinovdan o‘tayotgan uch xil vaksina o‘z samaradorligini ko‘rsatgan. Bundan tashqari, koronavirusga qarshi yana bir vaksinaning klinik sinovlari o‘tkazilmoqda.