So‘rov yakunlari: rossiyalik turistlar O‘zbekistonga bo‘lgan parvozlar bilan qiziqmoqda

Rossiyalik sayyohlarning uchdan bir qismi kelajakda xorijga sayohat qilish uchun pul ajratib qo‘ygan. Ularning aksariyatini MDH shaharlariga, jumladan, Toshkent va Samarqandga bo‘lgan parvozlar qiziqtirmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Rossiyalik sayyohlarning uchdan bir qismi kelajakda xorijga sayohat qilish uchun pul ajratib qo‘ygan. Bu haqda RIA Novosti OneTwoTrip onlayn-servis tadqiqotiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Kompaniya xodimlari ijtimoiy tarmoqda so‘rov o‘tkazishgan, unda 1706 kishi ishtirok etgan. Rossiyaliklardan kelajakda xalqaro parvozlar tiklanishi bilan ular chet elda dam olishga tayyorgarlik ko‘rayotgani yoki yo‘qligi haqida so‘ralgan.

"O‘zbekiston Shveysariyasi" mahalliy sayyohlar uchun cho‘ntakbop bo‘ladi

So‘rovda ishtirok etganlarning 31 foizi ular albatta bormoqchi bo‘lgan mamlakat, shahar va diqqatga sazovor joylar ro‘yxatini tuzgan. 33 foizi boshqa mamlakatlarga sayohat uchun pul ajratib qo‘ygan. Respondentlarning 48 foizi chiptalar narxini diqqat bilan kuzatishini aytgan.

OneTwoTrip ma’lumotlariga ko‘ra, ularning eng ko‘p mijozlari Moskvdan Toshkent va Samarqand (O‘zbekiston), Dushanbe va Xo‘jand (Tojikiston), O‘sh va Bishkek (Qirg‘iziston), Yerevan (Armaniston), Boku (Ozarbayjon), Istanbul (Turkiya) va Minsk (Belarus)ga bo‘lgan parvozlar bilan qiziqishgan.