Dollar va yevro yana ko‘tarildi: O‘zbekistonda valyuta kurslari

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 11,35 so‘mga ko‘tarildi.
Sputnik

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 7-iyuldan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 11,35 so‘mga qimmatlashib, 10 184,73 so‘mni tashkil qildi.

Dollar va yevro yana ko‘tarildi: O‘zbekistonda valyuta kurslari

Yevro ham qimmatlashgan. Bu hafta 44,30 so‘mga ko‘tarilib, 11 455,78 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli esa 3,49 so‘mga arzonlashgan va 142,48 co‘mni tashkil qildi.