Toshkentdagi uchta OTMga yangi rektor tayinlandi

Adju universiteti, Toshkent farmatsevtika instituti va Turin politexnika universiteti rektori o‘zgardi.
Sputnik

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Toshkentdagi uchta OTMga yangi rektorlar tayinlandi. Vazirlar mahkamasining tegishli qarori 3-iyul kuni qabul qilindi.

Qaror bilan:

  • G‘ayrat Muratov Toshkent shahridagi Adju universitetining rektori etib;
  • Kamal Rizayev Toshkent farmatsevtika institutining rektori etib;
  • Jamshid Inoyatxo‘jayev Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turin politexnika universiteti O‘ktam Salomov rektori oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani xabar qilingan edi.