"O‘zbek tilining izohli lug‘ati" yangi tahrirda chop etildi

Lug‘atning yangi tahririda esa jamiyatda yuz bergan o‘zgarishlar natijasida iste’molga kirib kelgan yuzlab yangi so‘z va atamalar kiritilgan.
Sputnik

TOShKENT, 4-iyul - Sputnik. "O‘zbek tilining izohli lug‘ati" yangi tahrirda chop etildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi matbuot-xizmati.

Reklama o‘zbek tilida bo‘lishi kerak - bosh vazir

Xabarda aytilishicha, "O‘zbek tilining izohli lug‘ati"ning yangi tahriri 3 ming nusxada qayta nashr etildi. 

Qayd etish joiz, O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining bir guruh lug‘atshunoslari tomonidan 2006 – 2008-yillarda 5 jildli "O‘zbek tilining izohli lug‘ati" yaratilgan va nashr etilgan edi.

Ushbu lug‘atga 80 mingga yaqin o‘zbek adabiy tilida keng iste’molda bo‘lgan so‘z va so‘z birikmalari, fan, san’at, madaniyat va texnika sohalariga oid terminlar, shevalarda qo‘llanadigan so‘zlar, tarixiy atamalar jamlangan.

Lug‘atning yangi tahririda esa jamiyatda yuz bergan o‘zgarishlar natijasida iste’molga kirib kelgan yuzlab yangi so‘z va atamalar kiritilgan.

Masalan, broker, depozit, diler, konsalting, lizing, menejer, menejment, monitoring, nou-xau, sanatsiya, xolding, displey, internet, monitor, printer, sayt, skaner, fayl singari bir qancha yangi so‘zlar shular jumlasiga kiradi.