O‘zbekistonda yer qimirladi

Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning turli regionlarida o‘z aks-sadosini berdi. Toshkentda zilzila kuchi 3 ballni tashkil etdi
Sputnik

TOShKENT, 4-iyul - Sputnik. 4-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 14:52 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Yer qimirlashi O‘zbekiston hududida ham sezildi.

"Zilzila koordinatalari: 38,92 gradus shimoliy kenglik; 70,99 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,5. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 301 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha", - deyiladi FVV xabarida.

Zilzila kuchi O‘zbekiston hududida :

Toshkent: 301 km, 3 ball.

Namangan: 238 km, 3 ball.

Andijon: 237 km, 3 ball.

Farg‘ona: 176 km, 4 ball.

Guliston : 257 km, 3 ball.

Jizzax: 301 km, 3 ball.

Samarqand : 356 km, 3 ball.

Buxoro : 572 km, 2 ball.

Termiz : 376 km, 3 ball.

Qarshi : 450 km, 2 ball.

Navoiy : 498 km, 2 ball.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi. Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi, deb xabar qiladi FVV.