"Armaturalar jangi": Buxoroda yosh yigit keksa otaxonni urib o‘ldirdi

Spirtli ichimlik iste’mol qilish oqibatida otaxon va yosh yigit o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Yigit otaxonning qo‘lidan armatura bo‘lagini tortib olib, uni bosh, ko‘krak, qorin sohalariga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgan
Sputnik

TOShKENT, 4-iyul - Sputnik. Buxoroda keksa va yosh yigit bir-birini do‘pposladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot-xizmati.

Xabarda ta’kidlanishicha, 2-iyul kuni erta tongda Shofirkon tumani IIBga tuman kasalxonasi tomonidan 24 yoshli M.F. va 65 yoshli Ya.N., lar tan jarohatlari olib, murojaat qilganliklari to‘g‘risida xabar berilgan.

Xorazmlik qiz intim-shantajchi qurboniga aylandi

Mazkur xabar asosida hodisa sodir bo‘lgan joyga tergov-tezkor guruhi yuborilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishicha otaxon o‘z uyida yosh yigit bilan spirtli ichimlik iste’mol qilgach, o‘rtalarida kelishmovchilik va janjal kelib chiqqan. Chol janjal davomida temir armatura bo‘lagi bilan M.F., ni bosh qismiga bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazgan. 

Shundan so‘ng M.F. Ya.N., ning qo‘lidan temir armatura bo‘lagini tortib olib, uni ham  tanasining bosh, ko‘krak, qorin sohalariga bir necha marotaba qasddan urib, tan jarohati yetkazgan, Ya.N. tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelinib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan jonlantirish bo‘limida vafot etgan. 

Holat yuzasidan Shofirkon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.F., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.