Shubhasiz va qonuniy. Pamfilova ovoz berish natijalariga sharh berdi

"Ovoz berish ma’lumotlari ishonchli va ovoz berish natijalarining qonuniyligi shubhasizdir", - dedi Pamfilova MSK yig‘ilishida.
Sputnik

TOShKENT, 3-iyul - Sputnik. Markaziy Saylov Komissiyasi rahbari Ella Pamfilova RF Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartishlar bo‘yicha ovoz berishning qonuniyligi va uning ishonchliligi haqida ma’lum qildi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Rossiya Konstitutsiyasiga tuzatishlar: sobiq SSSR davlatlarida ovoz berish jarayoni qanday o‘tdi

"Ovoz berish ma’lumotlari ishonchli va ovoz berish natijalarining qonuniyligi shubhasizdir", - dedi Pamfilova MSK yig‘ilishida.

Rossiyada mamlakatning asosiy qonuniga kiritilajak o‘zgartirishlar bo‘yicha ovoz berish 25-iyundan 1-iyulgacha bo‘lib o‘tdi. Protokollarni 100% qayta ishlanishi natijalariga ko‘ra, rossiyaliklarning 77,92% o‘zgartirishlar tarafdori, 21,27% esa qarshi ovoz berdi. MSK Axborot markazida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ovoz berishda saylovchilarning 67,97 foizi ishtirok etdi.

Avvalroq Sputnik radiosi, Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin qachon Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida farmonni qachon imzolashi haqida xabar bergan edi.

G‘arbning o‘zgartirishlarga tanqidi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan suhbatda, Kreml G‘arbning konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi xavotirlari haqidagi bayonotlarini e’tiborga olishga tayyor emasligini va Rossiya o‘z suverenitetiga sodiq qolishini ma’lum qildi.

Netsesk avtonom okrugi nima sababdan Konstitutsiya o‘zgarishiga qarshi bo‘ldi

“Ha, biz ular bilan tanishmiz, lekin biz ularni hisobga olishga tayyor emasmiz. Rossiya, shubhasiz, xalqaro huquqning asoslari va meyorlariga, xalqaro huquqning ruhi va negiziga sodiq qolgan, qolmoqda va bundan keyin ham sodiq qoladi. Lekin shu bilan birga, avvalambor o‘z suverenitetiga sodiq qoladi”, - deb javob berdi Peskov, Kreml, xorijiy hamkorlarining o‘zgartirishlar qabul qilingandan keyin Vladimir Putin 2036-yilgacha hokimiyatda qolishidan havotirda ekanligidan habari bormi degan savolga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hech qanday tarzda xalqaro huquqqa zid kelmaydi. “Bundan tashqari, bu kabi qoidalar bir qator davlatlarda ham qo‘llaniladi. Yana bir bor takrorlayman, biz bu kabi havotirlarga tayyor emasmiz va ularni hisobga olmaymiz”, - deya xulosa qildi Peskov.