Moskvada kuryerlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi – video

Kuni kecha Moskvada “Yandeks.Yeda” va Delivery Club kuryerlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Politsiya holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Moskvada 2-iyul kuni “Yandeks.Yeda” va Delivery Club kuryerlari orasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi.

Moskva IIB matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

“Marshal Katukov 19 manzilida janjal yuz bergani haqida soat 14.30 da 02 xizmatiga xabar keldi. Politsiya xodimlari ushbu manzilga kelgan vaqtda jamoat tartibini buzayotgan shaxslar voqea joyida yo‘qligi ma’lum bo‘ldi”, - deyilgan IIB xabarida.

Guvohlar ta’kidlashicha, mushtlashgan kishilar politsiya kelishi bilan qochib ketishdi. Jarohatlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmadi.

Kurerlar uyushmasi Telegram-kanalida joylashtirilgan xabarda aytilishicha, janjalning sababi - kompaniyalar o‘rtasidagi qarama-qarshilik emas, balki buyurtma berish paytida niqob va qo‘lqopda bo‘lish masalasi bo‘ldi.