Gorbachev: pandemiya tufayli aviatsiya og‘ir kunlarni boshidan kechirmoqda

Boshqa mamlakatlardan Rossiyaga parvozlar taqiqining avgustgacha uzaytirilishini Fuqaro aviatsiyasining “Aeroport” uyushmasi bosh direktori Viktor Gorbachev izohladi.
Sputnik

Federal havo transporti agentligi (Rosaviatsiya) chet eldan Rossiyaga parvozlar taqiqini avgustgacha uzaytirdi. Idora telegrammasi ko‘proq texnik xususiyatga ega, chunki chet elliklarning mamlakatga kirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qaror hukumat tomonidan qabul qilingan.

Fuqarolik aviatsiyasi “Aeroport” uyushmasining bosh direktori Viktor Gorbachev ta’kidlashicha, parvozlarni taqiqlash to‘g‘risida qarorni Rosaviatsiyaning o‘zi mustaqil ravishda qabul qilmagan.

“Bu Roaviatsiyaning mustaqil qarori emas. Bu yerda Rospotrebnadzor ham bor - bu birinchisi, ikkinchisi – mamlakatlarning o‘zlari ham hali ochilmaganligi. Ertaga barcha mamlakatlar ochilgani haqida xabar kelishi bilanoq barcha samolyotlar ucha boshlaydi”, - dedi Gorbachev Sputnik efirda.

Rossiyada elektrda ishlaydigan aviatsiya dvigateli yaratilmoqda

Mutaxassisning ta’kidlashicha, Yevropa mamlakatlari xalqaro reyslarning tiklanishini hanuzgacha aniqlaganlari yo‘q.

"Kimdir ochdi, kimdir yo‘q, qolganlari esa yopiqku ahir. Shu jumladan, janubiy-sharqiy yo‘nalishlar - Xitoy, Vyetnam, Kambodja. Ha, samolyotlar uchmoqda, qandaydir reyslar bor. Masalan, markaziy shaharlar va poytahtlarga, ammo u yerga kim uchadi? Diplomatlar, fuqaroligi bor yoki qo‘shma fuqaroligi bo‘lganlar, u yerda qandaydir mulkka ega bo‘lganlar, ammo u yerga boshqa hech kimni kiritmaydilar”, - deya tushuntirdi u.

Gorbachevning fikricha, parvozlar tiklanishi yoz oxiriga yuz beradi.

“O‘ylaymanki, parvozlar ozmi-ko‘pmi, avgust oyidan keyin boshlanadi, aytaylik, ehtimol sentabr oyining oxiri - oktabrda. Barchasi ularda karantin holatlari qanday kechayotganiga bog‘liq bo‘ladi”- deb tahmin qiladi mutaxassis.

“Aeroport” uyushmasi bosh direktori, aviatsiya koronavirus pandemiyasi tufayli og‘ir kunlarni boshidan kechirayotganini ta’kidladi.

“Fuqaro aviatsiyasi eng chuqur tubanlikda. Butun soha. Samolyotlar aeroportlarni ham, aviakompaniyalardan parvozlar uchun pul oladigan Havo harakati boshqaruvini ham ortidan tortib ketdi. Shu qatorda aviaremont zavodlari to‘htagan, chunki harakat yo‘q. Fuqarolik aviatsiyasida yagona narsa ishlamoqda, bu ham ta’lim muassasalari”, - deya qo‘shimcha qildi u.

Gorbachevning ta’kidlashicha, bugungi kunda fuqarolik aviatsiyasining ja’mi hajmidan atigi 10 foizi ishlamoqda, qolgan 90 foizi muzlatilgan va to‘xtatilgan.