Germaniya “Shimoliy oqim-2”ni to‘xtatishga uringani uchun AQShga sanksiyalar bilan tahdid qildi

Germaniya kansleri Angela Merkel “Shimoliy oqim-2”ga qarshi AQSh sanksiyalarini tanqid qildi. Berlinda, loyihaga qarshi har qanday cheklov choralari - Germaniya suverenitetining buzilishi, deb hisoblashmoqda.
Sputnik

Shu sababli Bundestagda amerikaliklarga qarshi javob keskin sanksiyalarni qo‘llash to‘g‘risida ko‘proq bayonotlar yangray boshladi.

12 milliard yevro miqdorida Yevropa sarmoyalari xavf ostida qoldi, oddiy iste’molchilar yiliga 4 milliard yevro tejashi mumkin edi. Shuningdek, loyihani to‘xtatilishi Yevropa infratuzilmasi va energiya xavfsizligiga ta’sir qiladi.

Eslatib o‘tamiz, "Shimoliy oqim-2" loyihasi Rossiya qirg‘oqlaridan Boltiq dengizi orqali Germaniyaga umumiy quvvati yiliga 55 milliard kubometr gaz bo‘lgan ikki quvurni yotqizishni nazarda tutadi. AQSh loyihaga qarshi chiqib, Yevropa ittifoqi va Ukrainaga o‘zining suyultirilgan gazini sotishga harakat qilmoqda.