"Buni darhol amalga oshirish kerak": AQSh Rossiyani aslida nima uchun jazolamoqchi

AQSh kongressi spikeri Nensi Pelosining Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni darhol kiritish zarurligi to‘g‘risidagi bayonoti hamda amerikaliklar orasida koronavirusga chalingan bemorlarning kun sayin rekord darajada ko‘payishi o‘tgan kunning asosiy vokealari bo‘ldi.
Sputnik

Eslatib o‘tamiz, Pelosi sanksiya kiritish haqidagi da’vatini "Rossiyaning amerikaliklarga qarshi toliblar bilan til biriktirishi" singari mutlaqo aql bovar qilmas voqea doirasida bildirgan edi. Umuman olganda, voqea Amerika maxsus xizmatlarining o‘z manbalaridan olgan ma’lumotlari asosida emas, balki allaqanday tahlilchilarning toliblarni so‘roqqa tutganidan keyingi xulosalardan kelib chiqqan - go‘yoki Rossiya qandaydir tushunarsiz sabablarga ko‘ra shundoq ham bir necha yillardan beri amerikalik harbiylarni o‘ldirib kelayotgan toliblarga yana AQSh harbiylarini o‘ldirgani uchun pul to‘lagan emish (Rossiya bu ketishda shunday muvaffaqiyat bilan afrikaliklar tug‘ilish darajasini ko‘tarish uchun pul tikishi mumkin).

NYT Rossiyaning toliblar bilan "til biriktiruvi"ga doir yangi maqolani chop etdi

Pentagon va milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi O'Brayen bayonotiga ko‘ra, bu kuchli xulosa o‘z tasdig‘ini topmagan - shu sabab ham ular bu haqda AQSh prezidentiga o‘z vaqtida xabar berishmagan. Ko‘rinib turibdiki, u qatori, ko‘plab tasdiqlanmagan uydirma va taxminlar haqida ham, ularning o‘rganilishi aslida bevosita maxsus xizmatlarning ishiga kiradi.

Ammo e’tiborli jihati shundaki, bugungi Amerika endi oddiy davlatning odatiy qonunlari bo‘yicha yashamaydi (Ushbu vaziyatga izoh bergan Dmitriy Peskov: "Vashingtonda hozirda juda ko‘plab tushunarsiz narsalar ro‘y bermoqda", degan edi). U xayplarning halokatli ichki janglari qonuni bo‘yicha yashamoqda va bu qonunni "Hech qanday qonun yo‘q", qabilida ifodalash mumkin.

Shuning uchun, odil sud va adolatni o‘zining mafkurasi deb e’lon qilgan yadroviy davlat vakillar palatasining rahbari, davlatda birinchi shaxslardan biri, hech kim tomonidan tasdiqlanmagan allaqanday "operativ ma’lumot"ga tushunarsiz va deyarli siyosiy xulosa bildirmoqda: boshqa yadroviy davlatga qarshi sanksiyalar qo‘llash darkor va buni hoziroq amalga oshirish lozim.

Ushbu ma’lumotni uning ishonchliligiga amin bo‘lmasdan turib jamoatchilikka yetkazgan OAVlar esa allaqachon mamlakatning amaldagi prezidentini "unga Rossiya to‘g‘risida nomaqbul ma’lumot berilishini yoqtirmaslikda" ayblamoqda. Bu bilan oldin bir necha bor muvaffaqqiyatsiz yakunlangan "Tramp-rus josusi" deb nomlangan eski iddaosini qo‘llashni davom ettirishmoqda.

"Kunning ikkinchi yangiligiga" kelsak, AQShda har kuni yangi aniqlangan COVID-19 holatlari soni rekord darajaga ko‘tarilib, 50000 dan oshmoqda, bu yerda Amerika OAVlari bu xabarni qay tarzda berayotgani hayratlanarli.

Demokratlar Rossiya va toliblar "til biriktiruvi" haqida razvedka hisobotini talab qilmoqda

Masalan, nufuzli Huffington Post nashri shunday yozadi:

"So‘nggi avj olishning ba’zi sabablarini may oyining oxirida nishonlangan Xotira kunigacha kuzatish mumkin"

CNN: 

"Trampning anti-niqob xoch yurishi, uning o‘zini chaqish uchun qaytib keldi".

The New York Times:

"So‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab amerikalik erkaklar niqob taqishni zaiflik belgisi deb bilishadi va prezident Trampning niqob taqishdan bosh tortishi, bu masalani qo‘rqoqlar ishi deb bilishidan dalolat beradi".

Agar sizga tahlilning ushbu kuchli misollarda biron narsa yetishmayotganday tuyulsa, demak, yo‘q, sizga to‘g‘ri tuyuldi. Bu misollarda may oyining oxiridan to shu kungacha butun Amerika bo‘ylab, ijtimoiy masofaga, uyda qolish chaqirig‘iga va boshqa barchasiga tupurib inkor qilib minglab progressiv va to‘g‘ri Black Lives Matter harakati tarafdorlari juda ko‘p ijtimoiylashtirilgan harakatlarni amalga oshirib yuriptilar: do‘konlarni vayron qilishmoqda, binolarni yoqib yubormoqdalar, mashinalarni urishmoqda, odamlarni o‘ldirmoqda (hozirgi paytda, eng konservativ va kamtar hisob-kitoblarga ko‘ra, BLM hisobida 25 dan ortiq jasadlar mavjud), ozchiliklarga tiz cho‘kib oyoqlarini yuvishmoqda.

Qoidalarni buzishsa SWIFT'ni o‘chiramiz. AQShga Gonkongni deb dollarning qulashi kerakmi?

Yuz minglar, hatto millionlab amerikaliklar ehtiyotkorlik choralariga mutlaqo befarq bo‘lib, o‘zlarini hech qanday koronavirus yo‘qdek tuta boshladilar. Barcha tashqi kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, bu faqatgina misli ko‘rilmagan avj olish bilan tugashi mumkin, ammo bu avjlanish yuz berganida, bu haqda haqiqatni gapirish mumkin emasligi ayon bo‘ldi.

Shu sababli, progressiv tahlilchilar odamlarning toksik botirligini, Trampning mas’uliyatsizligi va maydagi Hotira kunini tanqid qilmoqdalar, ammo o‘jarlik bilan tutab yonayotgan katta gulxan kabi yaqqol sababni ko‘rishni istamayaptilar.

Bu yerda nimani ta’kidlashni istardim.

Ushbu ikkita misol bitta - yanada miqyosli va qo‘rqinchli hodisaning alomatlari ekanligiga ishonishga sabablar bor.

Uni qisqacha qilib "hissiy xavfsizlik mafkurasi" deb atash mumkin. Ushbu mafkuraga ko‘ra, maqsadli auditoriyaning hissiy qulaylikka putur yetkazmaydigan, uning qarashlariga zid bo‘lmagan mantiq va dalillargina mavjud bo‘lishga haqlidir.

Dunyoda koronavirus pandemiyasi tezlashmoqda – JSST rahbari

Maqsadli auditoriya uchun axir "Amerikaliklarning shilingan terisi uchun rus to‘lovi” haqidagi axmoqona uydirmasining ahamiyati yo‘q. Va Amerikada aslida koronavirusning yangi avjlanishi ro‘y berganligi haqidagi savol ham muhim emas.

Biz Okkam ustarasining qandaydir dahshatli emo-talqiniga duch keldik, va unga ko‘ra har qanday hodisaning asli sababini izlagandan ko‘ra ma’qul va to‘g‘ri deb topilganini qabul qilish yaxshiroq.

Shuning uchun – "har qanday qiyin vaziyatda Rossiya va Trampni aybla".

Albatta, bu Amerika aslida duch kelayotgan muammolarni - dunyoning taniqli yetakchiligini yo‘qotilishi va pandemiyaga qarshi kurashishda qobiliyatsizligini hal qilmaydi.

Ammo bu Amerika jamiyati ichidagi progressiv kuchlarning jangovar aktivlarini qondiradi va hozirgi Amerika prezidentining muholiflariga uni kovlashga imkon beradi.

Darvoqe, bularning barchasi ba’zilar hali ham bizga o‘rnak qilib qo‘rsatayotgan mamlakatda sodir bo‘lmoqda. Biroq, umumhalq ovoz berish natijalariga ko‘ra, "Amerikada bo‘lgani singari" iborasining sehrli kuchi allaqachon Rossiyaga nisbatan kuchini yo‘qotdi.