O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holati 8900 tadan oshib ketdi

So‘nggi tun davomida yana 123 ta yangi koronavirus holati aniqlandi. Shulardan 6 tasi Namanganda aholi orasida aniqlangan.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Tun davomida aniqlangan koronavirus holati 123 taga ko‘paydi.

“2020 yil 2-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8904 (+123) nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Koronavirus bemorlari uch toifaga ajratildi: kimlar qayerda davolanadi

Yangi kasallanganlarning 101 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 12 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 7 nafari Namangan viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), qolgan 3 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Shu paytga qadar 5847 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3030 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 16 nafari og‘ir, 9 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.