O‘zbekiston gerbi qanday bo‘lishi mumkin edi – arxiv suratlar

Yangi davlat gerbining bir nechta variantlari taklif qilingan. Ammo oxirida Badiiy akademiyaning bir guruh rassomlari yaratgan gerb chizmasi ma’qullangan.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik.  Gerb O‘zbekistonning rasmiy davlat ramzlaridan biridir. 2 iyul - O‘zbekiston Davlat gerbi qabul qilingan kun.

O‘zbekiston gerbi qanday bo‘lishi mumkin edi – arxiv suratlar

1992 yil 2-iyulda "O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida" gi qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyasida qabul qilingan.

"O‘zarxiv" agentligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, yangi davlat gerbining bir nechta variantlari taklif qilingan.

O‘zbekiston gerbi qanday bo‘lishi mumkin edi – arxiv suratlar

Ammo oxirida O‘zbekiston Badiiy akademiyasining bir guruh rassomlari va grafik ustalari tomonidan yaratilgan gerb chizmasi ma’qullangan.

Davlat gerbi to‘g‘risidagi qaror loyihasi va gerb chizmasi O‘zbekiston Milliy arxivining alohida qimmatli hujjatlari orasida saqlanmoqda.