Netsesk avtonom okrugi nima sababdan Konstitutsiya o‘zgarishiga qarshi bo‘ldi

Rossiyada faqat bir hudud Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlarga qarshi chiqdi, lekin asl sabab Konstitutsiya emas - hududning qo‘shni viloyatga qo‘shib olinishiga bo‘lgan urinish, - deydi IHK raisi.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyul – Sputnik. Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari kengashi (IHK) raisi Valeriy Fadeyev kecha bo‘lib o‘tgan Konstitutsiyaga o‘zgarish kiritish haqidagi ovoz berishda, Nenesk avtonom okrugi (NAO) nima sababdan qarshi ovoz berganiga va uning Arxangelsk viloyati bilan qo‘shilishiga izoh berdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Rossiya Konstitutsiyasiga o‘zgarish kiritish bo‘yicha ovoz berish 25-iyundan 1-iyulga qadar bo‘lib o‘tdi. Uning natijalariga ko‘ra 77,92% rossiyaliklar – o‘zgarishlarga rozi bo‘lishdi, 21,27 % - esa qarshi ovoz berishdi. MSQ raisi Ella Pamfilova so‘zlariga ko‘ra ovoz berishda aholining 65 % ishtirok etgan. Nenesk avtonom okrugida aholining 54,57 %i Konstitutsiyaga o‘zgarish kiritishga qarshi bo‘ldi, 44,42 % - o‘zgarishlar tarafdori bo‘lgan.

“Bir hududdan tashqari, boshqa barcha hududlar Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlarga rozi bo‘ldi. Eslatib o‘taman, 1993-yilda 17 ta hudud o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlamagan edi. Bugun esa Nenesk avtonom okrugidan boshqa barcha hududlar uni qo‘llab quvvatlashdi. Menimcha buning sababi ma’lum: kimdir avtonom viloyatni Arxangelsk viloyatiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan..., Viloyat aholisi esa hech kimga qo‘shilishni xohlamayapti. Shuning uchun ham norozilik ruhida ovoz berishgan”, - dedi Fadeyev press-brifingda.

Fadeyev shuningdek fuqarolar ovoz berish jarayonida faol ishtirok etishganini va hech qanday qoidabuzarlik qayd etilmaganini ham aytib o‘tdi.

Nenesk avtonom okrugi (NAO) Rossiya Federatsiyasining mustaqil subyekti, lekin Arxangelsk viloyati ustaviga ko‘ra, okrug uning tarkibiga kiradi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2-aprel kuni Arxangelsk viloyati gubernatori Igor Orlovni iste’foga chiqarib sobiq NAO gubernatori Sibulskiyni uning o‘rniga v.b. etib tayinlagan edi. NAOga esa Yuriy Bezdudniy  v.b. etib tayinlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, may oyining o‘rtasida Arxangelsk viloyati va Nenesk avtonom okrugini birlashtiri yangi subyekt tashkil qilish haqida memorandum qabul qilingan edi. Sibulskiy aytishga qaraganda ushbu hujjat ikki hududni darhol birlashtirishni nazarda tutmaydi. Hozir muhimi ikki viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonini boshlash. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun kelajakda ikki hududni birlashtirishga to‘g‘ri kelsa buni baribir aholining o‘zi hal qiladi.