TOShKENT, 1-iyul - Sputnik. Qozog‘istonda bir sutka davomida 489 yangi COVID-19 bilan kasallanish holati qayd etildi, deya xabar beradi Jamoat sog‘lig‘ini saqlash Milliy markazi.
Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mart oyining o‘rtalaridan Qozog‘istonda 22308 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar qayd etildi, iyun oyidan alomatlarsiz deb hisoblanadaganlar soni 18757 nafarni tashkil etdi. Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, jami 41055 kishi kasallangan.
Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, alomatlarsiz deb hisoblanadigan odamlarning taxminan 3 %i oxir-oqibat kasallanib, ularga pnevmoniya tashxisi qo‘yilmoqda, shuning uchun ular o‘z holati bo‘yicha shifokorlar bilan maslahatlashishi kerak.
Hozirda Qozog‘istonda 8562 faol bemor bor - bular COVID-19ning yaqqol alomatlari bo‘lganlari.
188 kishi vafot etgan, 13558 kishi to‘liq davolangan.
Oradan vaqt o‘tib Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi: o‘tgan kun davomida mamlakatda 1604ta koronavirus infeksiyasi holati qayd etilganligi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
O‘zbekistonda kasallanganlarning umumiy soni bugunga kelib 8627 kishini tashkil etmoqda, ulardan 5682 nafari davolanib chiqdi, 26 nafari vafot etdi. 2919 kishi davolanmoqda. O‘tgan kun davomida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 281ta yangi holati qayd etildi.