Prezident administratsiyasi rahbariga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Dilnoza Ziyamuhamedovaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi.
Sputnik

TOShKENT, 1-iyul - Sputnik. AOKAning Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Dilnoza Ziyamuxamedova O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi ijro etuvchi apparati ommaviy axborot vositalari, televidenie va matbuotni rivojlantirish sho‘’basi mudiri lavozimiga tayinlandi.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijro etuvchi apparati ommaviy axborot vositalari, televidenie va matbuotni rivojlantirish sho‘’basi mudiri Dilnoza Murodovna Ziyamuhamedovaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi", - deyiladi xabarda.

"Dilnoza Muradovnani ushbu mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan Agentlik nomidan chin qalbdan tabriklayman", deya o‘z xodimini yuqori lavozimga tayinlanishi bilan muborakbod etgan AOKA rahbari Dilshod Saidjanov.