TOShKENT, 30-iyun – Sputnik. AQSh vakillar palatasidagi demokratlar amerika razvedkasi vakillaridan Rossiya va toliblarning AQSh harbiylariga qarshi "til biriktiruvi" haqida shaxsan aytib berishlarini talab qildilar, deya bayonot qildi seshanba kuni palatadagi demokrat ko‘pchilik yetakchisi Steni Xoyer.
New York Times gazetasi amerika razvedkasining anonim vakillariga tayanib bir maqola e’lon qildi. Unda ta’kidlanishicha, RF harbiy razvedkasi toliblarga aloqasi bo‘lgan jangarilarga Afg‘onistondagi amerika askarlariga nisbatan amalga oshiriladigan hujumlar uchun mukofot puli va’da qilishgan va AQSh prezidenti Donald Tramp bu haqda xabardor etilgan. Ammo dalillar keltirilmagan.
"Oq uy va apparat rahbarini mening iltimosimni bajarishga va biz buni to‘liq anglab yetishimiz uchun razvedhamjamiyat bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushuntirish berishlariga chaqiraman", - deb aytgan Xoyer jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kecha Oq uy tomonidan sakkiz nafar kongressmen uchun o‘tkazilgan brifing ularga razvedka pozitsiyasi haqida emas, balki faqatgina Oq uy pozitsiyasi to‘g‘risida tushuncha bergan, xolos. Demokratlar razvedka ularga xabarlarning haqiqatligi haqida o‘z bahosini berishni talab qilmoqda.
Shu bilan birga 81 yashar Xoyer adashib, Rossiyani Sovet Ittifoqi, deb atagan.
U shuningdek, sal oldin demokratlar yetakchilari tomonidan aytilgan, ushbu mavzuda faqatgina vakillar palatasi butun tarkibi uchun o‘tkazilgan, degan g‘oyani qo‘llab-quvvatladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Rossiya, avvalgi kabi Afg‘onistondagi holatga salbiy tomondan jalb etilganiga" shubha yo‘q.
AQShdagi RF elchixonasi sal oldin Rossiya va Afg‘oniston haqidagi xabarlardan so‘ng diplomatlar nomiga kelib tushayotgan tahdidlardan so‘ng mamlakat hukumatidan ularga adekvat reaksiya bildirishni talab qilgan edi. RF TIV ommaviy axborot vositalarida chop etilgan xabarlarni feyk, deya atadi. Tramp ushbu maqolani "buyurtma", deya hisoblashini ma’lum qildi.
Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O'Brayen Rossiyaning "Tolibon" bilan "til biriktiruvi" haqidagi ayblovlar AQSh maxsus xizmatlari tomonidan tasdiqlanmaganligini ma’lum qildi.
RF prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov, New York Timesda chop etilgan maqolaga izoh berar ekan, ushbu ta’kidlar yolg‘onligini ma’lum qildi. Jurnalistlarning Tramp ushbu mavzuni yil davomida Putin bilan qandaydir tarzda bo‘lsa ham muhokama qilganmi, degan savoliga, Peskov "yo‘q", deya javob qaytardi.